20:51 / 30.08.2016
3838

«Arsenal» Lukas Peresning transferini e'lon qildi

Ispaniyaning «Deportivo» jamoasi hujumkor yarimhimoyachisi Lukas Peres rasman «Arsenal» futbolchisiga aylandi.

27 yoshli futbolchi londonliklar klubi bilan shartnoma imzoladi. Yaqin vaqt ichida jarayon APL reglamenti bo‘yicha yakunlanishi kutilmoqda.

Ushbu transfer qiymati e'lon qilinmagan.

Bundan oldingi xabarlarda bu miqdor 20 million yevro atrofida bo‘lishi aytilgandi.

Futbolchi hozircha yangi jamoasida o‘ziga raqam tanlamagan.

Mavzuga oid
Top