17:00 / 30.08.2016
5390

Hartning agenti mijozining yangi jamoasi nomini ma'lum qildi

«Manchester Siti» jamoasi darvozaboni Jo Hartning agenti Jonatan Barnett o‘z mijozi faoliyatini «Torino»da davom ettirishi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

29 avgust kuni 29 yoshli futbolchi turinliklar jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Angliya terma jamoasi qarorgohini tark etgani ma'lum bo‘lgandi.

«Ha, Hart «Torino» uchun o‘ynaydi. Kelishuv yakuniga yetish arafasida. Jo turinliklar safiga o‘tishga rozi. «Manchester Siti» ham uni qo‘yib yuborishga tayyor» , deya agentning so‘zlarini keltirgan Tuttosport.

Bundan oldinroq, futbolchi klub rahbariyatidan o‘zini «Torino» jamoasiga 1 mavsum uchun ijaraga berishlarini so‘ragani ma'lum qilingandi. Jamoa uning 1 yillik maoshi - 135 ming funtlik mablag‘ning asosiy qismini to‘lab berishga tayyor.

Manba: Tribuna.uz

Top