Oq uy AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekindagi G20 sammitida "turli masalalarni hal qilish" uchun norasmiy uchrashuv o‘tkazishlari mumkinligini taxmin qildi. Sammit 4 sentabrda boshlanadi.
Ta'kidlanishicha, Oq uy ikki yetakchi orasida rasmiy uchrashuv bo‘lishi haqida ma'lumotga ega emas.
Avvalroq Obama 4 sentabrda Pekinda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashishi mumkinligi ma'lum qilingandi.