Halabdagi janglar vaqtida o‘ldirilgani ma'lum qilingan IShID dala qo‘mondoni Abu Muhammad al-Adnaniyning boshini keltirganga 5 mln dollar miqdoridagi pul mukofoti e'lon qilindi. Yevropadagi teraktlardan keyin Vashington bu shaxsni Abu Bakr al-Bag‘dodiy va Abu Muhammad al-Juloniydan keyingi o‘rinda turuvchi yetakchi sifatida ma'lum qilgandi.

Suriya harbiylari orasidagi manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, al-Adnaniy Suriya HHK samolyotlari tomonidan Halab viloyati hududidagi Al-Bob shahridagi xudkush terrorchilar tayyorlanadigan lagerga berilgan aviazarbalar oqibatida yo‘q qilingan.

Abu Muhammad al-Adnaniy Idlibda tug‘ilgan. U Iroqdagi terrorchi guruhlardan birining rahbari Abu Musab az-Zarkaviy qo‘lida faoliyat ko‘rsatgan. Keyinroq qamoqda 6 yil yotgan. U qamoqdan chiqqach Abu-Bakr al-Bag‘dodiyga sadoqat izhor qilgan va Suriyaga yo‘l olgan.