08:34 / 31.08.2016
4365

Google kompaniyasi Uber’ning arzon raqobatchisini ishga tushirmoqda

Google kompaniyasi San-Frantsiskoda Uber taksi xizmatining arzon raqobatchisini ishga tushirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda

Joriy yilning may oyida kompaniya Waze navigatsion dasturi negizida ishlaydigan xizmatni bir necha ming foydalanuvchi uchun ishga tushirgandi. Endi esa kompaniya uni San-Frantsiskoda barcha foydalanuvchilar uchun ishga tushirmoqchi.  

Google xizmati Uber va Lyft’dan farqli ravishda, yo‘lovchilarga ularning yo‘llari bilan bir bo‘lgan haydovchini ushlashga yordam beradi. Kompaniya foydalanuvchilarga eng past narxni taklif qilmoqda, chunki haydovchi faqatgina benzin uchun haq to‘laydi. 

Shuningdek dasturning istalgan foydalanuvchisi Waze haydovchisi bo‘lishi mumkin va u Uber va Lyft’dagi kabi kompaniya xodimi bo‘lmaydi. Dasturning hozirda 65 mln foydalanuvchisi bor. Ular bir-birlariga yo‘ldagi tirbandliklar va boshqa voqealar haqida xabar beradilar.

Top