18:48 / 31.08.2016
5434

Levandovski «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi hujumchisi Robert Levandovski yana bir marta Madridning «Real» jamoasiga o‘tishi mumkinligi haqidagi savollarga javob qaytardi.

Yevropada yangi mavsum boshlanishidan avval nashrlar Polsha terma jamoasi a'zosi bo‘lgan bu futbolchining agenti Tsezari Kuxarski ispans grandi vakillari bilan uchrashgani va transfer bo‘yicha muzokara o‘tkazgani haqida xabarlar tarqatgandi.

«Meni hozirda bu masala umuman qiziqtirmaydi. Men har kuni meni o‘z safida ko‘rish istagida bo‘lgan klublar haqida eshitaman.

«Bavariya» meni sotmasligi haqida rasman ma'lum qilgan. Shu tufayli «Real»ga transfer qilinishim mavzusini yopish kerak.

Men Karlo Anchelottining ishonch bildirishini qadrlayman, uning ishonchi ko‘p narsani anglatadi. Anchelotti kelishi bilanoq, mening jamoada qolishim haqida ma'lum qilgani, men uchun faxrlidir», - deya Levandovskining so‘zlarini keltiradi Sport Bild.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top