11:32 / 31.08.2016
6228

Jon Neshning Nobel medali taqdiriga oydinlik kiritildi

Amerikalik matematik Jon Neshga tegishli Nobel mukofotining ko‘krak nishoni 17-oktabr kuni kimoshdi savdosida sotiladi. The New York Times gazetasining yozishicha, savdolar Sotheby's kimoshdi savdo uyi tomonidan tashkil etiladi.

Xabar qilinishicha, medal savdosidan 2,5-4 mln dollar ishlash mumkin. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan Nesh 2015-yilda avtohalokatda vafot etgandi. U, «Aqllar o‘yini» filmidan so‘ng, keng ommaga tanilgan. 

Aytish joizki, Neshning medali so‘nggi yillarda auksion savdolarda sotilayotgan birinchi Nobel mukofoti bo‘lmaydi. Xususan, 2013-yili DNK tuzilmalarini birinchi bo‘lib kashf qilgan Frensis Krikning medali 2,5 mln dollarga sotilgan edi. 

Mavzuga oid
Top