10:56 / 01.09.2016
52710

2016 yilning eng ajoyib kashfiyotlari

Dunyoda har kuni bizni hayratga soladigan, ajabtovur ixtirolar yaratiladi va ularni ko‘rib tilimizda shunday so‘z aylanadi: «Men ham shuni istayman!» Kecha faqatgina kitoblarda bo‘lgan ixtirolarni bugun kundalik hayotda ham uchratish mumkin. Joriy yilda yaratilgan eng yaxshi ixtirolar bilan tanishing.

 

Uchar bonsay

Oddiy tuvakdagi o‘simliklar? «Biz allaqachon kelajakdamiz, tuvaklar uchishi kerak», — dedi Hoshinchu kompaniyasi va har bir uyga kelajak nafasini olib kiruvchi havoda muallaq turadigan o‘simlikni yaratdi.

 

Samolyot ichidagi osmon

Samolyotda uchish ba'zan juda zerikarli, ayniqsa agar uzoq davom etuvchi parvoz bo‘lsa. Bunga chek qo‘yish maqsadida BOEING kompaniyasi tom qismi va polda ekranlar bilan jihozlangan samolyotlarni ishlab chiqara boshladi. Bu esa yo‘lovchilarni tungi osmon va bulutlar orasida sayr qilishlariga imkon beradi. Samolyot ichiga kirib «Vau!» deb yuborasiz. 

 

Qog‘ozni qayta ishlab chiqaruvchi mobil mashina

Qog‘ozni qayta ishlashga ko‘p vaqt va kuch talab qilinadi. Yaponiya EPSON kompaniyasi bu muammoni hal etishga muvaffaq bo‘ldi va qog‘ozlarni bir necha soat ichida qayta ishlab chiqaruvchi kichik mashinani ixtiro qildi. Eng muhimi, bu jarayonda bir tomchi ham suv ishlatilmaydi. Bunday qurilmani har bir ofisga o‘rnatish kerak.

 

Samolyotda qutqaruv korpusi

Parvozlardagi xavfsizlik — eng muhim vazifa, shu sababli olimlar parvozlarni yanada qulay va xavfsiz qiladigan yangi tizimlarni ixtiro qilishga harakat qilmoqda. Ukrainalik muhandis Vladimir Tatarenko samolyot halokatga uchragan chog‘ida yo‘lovchilar o‘tirgan o‘rindiqlarni ajratib, istalgan yerga oson qo‘nib olishini ta'minlovchi tizimni yaratdi.

 

Ko‘zi ojizlar uchun planshet

Mazkur planshet ko‘zi ojiz insonlarga o‘n minglab kitoblarni o‘qishga yordam beradi. Uning ichida ko‘plab kichik sensorlar qavariq nuqtalarni tashkil etib, harflarni shakllantiradi. 

 

Jonli komikslar

San'at ham o‘z joyida turgani yo‘q: boomcore rassomlar hamjamiyati jonli komikslarni yaratdi. Kerakli sahifani ochib, planshetni olasiz — qahramonlar esa qimirlay boshlaydi, ranglar va jonli dialoglar paydo bo‘ladi. 

 

Haydovchilar uchun do‘konlar

Dahir Insaat kompaniyasi dunyodagi birinchi haydovchilar uchun Drive Market do‘konini qurmoqda. U yerda qisqa vaqt ichida mashinadan tushmay, haridlarni amalga oshirish mumkin. Qiziq, u yerga piyoda borish mumkinmikin?

 

Super ingichka egiluvchan ekran

Televizor ishlab chiqaruvchilar maksimal darajada ingichka ekranni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Endi televizoringizni shunchaki buklang va o‘zingiz bilan olib yuring. 

 

Butun boshli daraxtlarni ko‘chiruvchi mashina

«Gollandiyalik» degan nomni olgan mashina bir zumda butun boshli daraxtni ko‘chira oladi. Shu bilan birga daraxtga ziyon yetmaydi va uni boshqa yerga "ko‘chirib" ekish mumkin.

 

Dengiz tozalagich

«Biz barchamiz ekologiya haqida qayg‘urishimiz kerak», — deydi seabinproject vakillari. Ular suvni chiqindilardan tozalaydigan qurilmani ixtiro qilishdi. Ixtiro juda oddiy va zaruriy. Nega uni avvalroq yaratishmagan ekan?

 

Golografik teleport

Xuddi sevimli fantastik filmlardagi qurilmani Microsoft olimlari o‘ylab topishdi. Juda uzoqda turgan kishi o‘z gologrammasini muloqot va xattoki, o‘zaro harakatlarni ham amalga oshirish uchun yuborishi mumkin. 

 

Tirnoqlar uchun printer

Har kuni tirnoqlaringizga turli xil suratlar qo‘yishni istaysizmi? Shunchaki telefoningizdan nailbot printeriga istalgan suratingizni yuklab oling va u rasmlarni tirnog‘ingizga chop etadi. Shunday qilib ajoyib ko‘rinishlar yaratish mumkin.

 

Hoverboard platformasi

«Kelajakka qaytib» filmidagi xoverbord yodingizdami? Bunday skeytlar juda kam edi va muhandislar ArcaBord — yer ustida uchishga imkon beruvchi to‘liq platformani ixtiro qilishdi.

 

Ulkan Magic Leap gologrammalari

Maktab ichida bahaybat kitlar bo‘lishiga nima deysiz? Magic Leap qurilmasi nafaqat dengiz hayvonlari, balki ajdaho, kichik pushti fil bolalari va butun dunyoni yarata oladi.

 

O‘t o‘chiruvchi bomba

Nihoyat, bunday qurilma har bir yukxona va uyda bo‘lishi shart — kichik bomba katta yong‘inlarni o‘chira oladi va ko‘plab insonlar hayotini saqlab qoladi.

Top