13:39 / 01.09.2016
19698

Argentina botqoqlarida sirli orol topildi

Google Maps’da sirli orol ko‘rinmoqda. U Argentinada – Buenos Ayres yaqinidan oqib o‘tuvchi Parana daryosining botqoq manbaida joylashgan. Orolning koordinatalari: 34°15'07.8'S 58°49'47.4"W – istagan kishi xaritadan uni topishi mumkin. Bu orolni Nyu-Yorkda yashovchi gidrotexnik-muhandis Richard Petroni topdi. U mahalliy kinohujjatchilar Serjio Nespilerm va Pablo Martines bilan sirli orolni qidirishga otlandi. Uni birinchi marta topishning iloji bo‘lmadi, tadqiqotchilar holdan toyib, orqaga qaytishdi. Biroq keyingi ekspeditsiya muvaffaqiyatli yakunlandi.  

Orolni “Ko‘z” deya nomlagan tadqiqotchilar uning mutloq doira shaklida ekanligini ta'kidlashmoqda. U o‘zidan biroz kattaroq diametrda bo‘lgan boshqa bir doira ichida joylashgan – uning ichida  harakatlanib aylanadi. Orolning atrofidagi suv shaffof va sovuq – qolgan botqoqdan ancha sovuq. Ichki doiraning diametri 119 metrdan iborat. Mahalliy aholi sirli orol haqida bilar, lekin unga yaqinlashishga jur'at etolmaydi. Ular bu yerda ilohiy mavjudot yashashiga ishonishadi.  

Petroni va uning jamoasi Google Maps (xarita) arxivini ko‘zdan kechirib, 2003 yilda orolning bo‘lganligini aniqlashdi. 

Tadqiqotchilar “Ko‘z”ni ilmiy uskunalar bilan yanada batafsil o‘rganishni rejalashtirishmoqda. Ular buning nima ekanligi va qachon hamda qanday paydo bo‘lganligiga qiziqishmoqda. Hozirda ular navbatdagi ekspeditsiyaga pul yig‘ishmoqda. Ular tadqiqotga kim 5 ming dollar ajratsa, natijalarni birinchilardan bo‘lib bilishiga va'da berishdi. 10 ming dollar evaziga esa, ekspeditsiyada ishtirok etish mumkinligi ma'lum qilindi. 

Ufologlar esa tadqiqotsiz ham vaziyat aniq ekanligini bildirishdi. Ularning fikricha, orol – qopqoq, uning ostida – “uchar likopcha” yoki o‘zga sayyoraliklar bazasiga olib boruvchi suvosti yo‘li mavjud. 

Mavzuga oid
Top