09:51 / 01.09.2016
6427

Samsung Galaxy Note 7’ni ishlab chiqarishni yana kechiktirdi

Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarish kechiktirilgani haqida e'lon qildi, bunga devaysning sifatini tekshirish ishlari davom etayotganligi sabab bo‘lgan. Bu haqida Reuters xabar berdi. 

Kompaniyada yangi qurilmada aynan nimani sinashda davom etilayotganiga doir ma'lumot berilmadi. Janubiy Koreya nashrlarining yozishicha, bunga smartfon batareyasining bir necha marotaba portlab ketgan holatlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Hyundai Securities mutaxassislarining ta'kidlashicha, kompaniya Galaxy Note 7’dagi muammolarni tez, taxminan ikki haftada bartaraf etadi. Ular bir necha detallarni almashtirish yoki mikrosxemada elementlarning joylashuvini o‘zgartirish kerakligini ta'kidlashmoqda. 

Mavzuga oid
Top