17:52 / 02.09.2016
4626

Tsukerberg Facebook Messenger va WhatsApp'ni birlashtirmoqchi emas

Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Tsukerberg WhatsApp (Facebook'ga tegishli) va Messenger'ni birlashtirmoqchi emas. 

Ijtimoiy tarmoq yaratuvchisining aytishicha, servislar turli ko‘rinishdagi muloqot uchun mo‘ljallangan. 

Tsukerbergning fikricha, WhatsApp yaqinlar bilan muloqot qilish, Messenger esa shunchaki tanishlar bilan suhbatlashishga mo‘ljallangan. 

"Siz tanishlar bilan u qadar yaqin emassiz, shu bois ular bilan WhatsApp orqali muloqot qilmaysiz. Biroq tug‘ilgan kunlarida ularni tabriklab, hol-ahvol so‘ragingiz keladi", - deya izoh beradi Facebook asoschisi. 

"Ularning alohida xizmat ko‘rsatishini to‘g‘ri, deb hisoblayman", - ta'kidladi Tsukerberg Nigeriyaga qilgan tashrifi davomida. 

Mavzuga oid
Top