18:57 / 02.09.2016
7403

Olimlar insonni issiqdan saqlovchi libosni o‘ylab topishdi

Stenford tadqiqotchilar jamoasi uncha g‘aroyib plastik material ishlab chiqarishdi, uni matoga biriktirilganda tanani sovutish xususiyatiga ega bo‘ladi. 

Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yangi mato yozgi jaziramada insonni issiqdan saqlovchi liboslar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 

Bu yangi mato issiqlikni tanadan ikki usul bilan haydaydi va haroratni paxtali matodan yaratilgan libosga nisbatan deyarli 4 darajaga pasaytirish imkonini beradi. Mato terning bug‘lanishiga imkon berishdan tashqari, sovutishning yana bir revolyutsion usuliga ega: u infraqizil nurlarni plastik to‘qimalardan o‘tkazadi.  

Barcha obektlar, shu jumladan tanamiz infraqizil nurlar ko‘rinishida issiqlik beradi. Ko‘rpa infraqizil nurlanishni tutib, uni tanaga yaqin ushlab turish orqali bizni isitadi.  Mutaxassislarning aytishicha, idorada o‘tirganimizda tanamizdagi issiqlikning 40-60 foizi infraqizil nurlanish ko‘rinishida tarqalib ketadi.  Biroq shu paytgacha bu nurlanishni hisobga olib, kiyim ishlab chiqilmagandi. 

Stenford tadqiqotchilari polietilenning ma'lum bir nanotuzilmaga ega muayyan turini qo‘llashga qaror qilishdi. Ular bu polietilenga kimyoviy moddalar bilan ishlov berishdi - natijada suv bug‘i molekulalari plastikadagi nanoprobalar orqali bug‘lanib, matoga xuddi tabiiy tolalar kabi "nafas olish"ga imkon yaratdi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, yangi matodan yaratilgan kiyim kiygan kishi issiq havoda konditsioner va ventilyatorsiz ham o‘zini qulay his qilishi mumkin bo‘ladi. 

 

Top