14:41 / 02.09.2016
12869

Peterburg avtosalonida 100 soniya ichida yirik o‘g‘irlik sodir etildi

1-sentabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida antiqa o‘g‘irlik sodir etildi. 4 nafar kishi BMW avtosaloniga kirib, BMW X6, BMW 7, BMW X5 va BMW 5 rusumining «Gran turizmo» modelining (jami qiymati 20 mln rublga yaqin) eshiklarini kalitlari bilan ochib, mashinalarni yurgizishgan va juftakni rostlashgan. Bularning barchasiga 2 daqiqa vaqt ham ketmagan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, olibqocharlar dastlab yangi mashinalarning ikkinchi kalitlari saqlanadigan seyfni o‘g‘irlashgan. O‘g‘rilarning seyf saqlangan bino unchalik qo‘riqlanmasligidan xabardor bo‘lishgan. 

Top