01:47 / 03.09.2016
15697

Eron prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda ISNA agentligi xabar bergan.

"O‘zbekiston rahbari, janob Islom Karimovning vafoti munosabati bilan marhumning oilasiga, hukumatga va O‘zbekiston xalqiga chuqur ta'ziyamizni bildiramiz", deyilgan agentlik xabarida.

Islom Karimov 3 sentabr kuni Samarqandda dafn etiladi.

Top