18:31 / 04.09.2016
14827

Nazarboyev Obamani Qozog‘istonga taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh rahbari Barak Obamani Qozog‘istonga taklif qildi. Bu haqida Qozog‘iston rahbarining matbuot xizmati saytida ma'lum qilindi

Xanchjoudagi G20 sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan  uchrashuvda Qozog‘iston va AQSh prezidentlari ikki tomonlama hamkorlik va uning istiqbollarini muhokama qilishdi. 

Shuningdek ular xalqaro kun tartibidagi eng dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashishdi.

Top