18:16 / 04.09.2016
10031

Honduraslik yosh futbolchi 10 kishi tomonidan o‘lgunicha kaltaklandi

Argentinaning «Platense» jamoasi futbolchisi 18 yoshli Serxio Mexiya o‘n kishilik to‘da hujumiga uchradi va o‘lgunicha kaltaklandi.

Voqea Puerto-Kortes shahridagi «Estadio Ekselsior» stadionida ro‘y bergan. Politsiya vakillari ma'lumotiga ko‘ra, qotillar kimligi aniqlangan va yaqin vaqt ichida hibsga olinadi. Ularni jinoyatga undagan sabablar aniq keltirilmagan.

«Platense» jamoasi a'zolari safdoshimizning halokatli fojiasi Serxio Mexiyaning o‘limidan qattiq afsusda va uning yaqinlariga ta'ziya bildiradi. Ruhing orom olsin», — deyilgan jamoaning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top