19:32 / 04.09.2016
5201

Rosberg Italiya Gran-prisida g‘olib chiqdi

Mercedes jamoasi bilan «Formula-1» poygalarida ishtirok etadigan germaniyalik poygachi Niko Rosberg Monts shahrida o‘tkazilgan musobaqa doirasidagi Italiya Gran-Prisi g‘olibiga aylandi.

Bu Rosbergning mavsumdagi oltinchi g‘alabasi bo‘ldi. Amaldagi jahon chempioni, Rosbergning jamoadoshi Lyuis Hemilton ham joriy 2016 yilgi mavsumda 6ta turnirda bosh mukofot sohibiga aylangan edi.

Hemilton Italiya Gran-Prisida ikkinchi o‘rinni egalladi. Ferrari jamoasi a'zosi Sebastyan Fettel esa uchinchi o‘rinni band etdi.

3 sentabr kuni o‘tkazilgan kvalifikatsiya bahslarida Hemilton Rosbergdan oldinroq, Fettel esa uchinchi bo‘lib kelgandi.

Rosberg bundan oldin o‘tkazilgan Belgiya Gran-prisida ham g‘olib chiqqandi.

Hemilton shaxsiy hisob bo‘yicha umumiy reytingda 250 ochko to‘plagan holda birinchi, Rosberg ikki ochko olgan holda ikkinchi. Uchinchi o‘rinda 161 ochko bilan Daniel Rikkardo (Red Bull) egallagan.

Formula-1. Italiya Gran-prisi
1. Niko Rosberg (Mercedes AMG F1) - 53 aylana
2. Lyuis Xemilton (Mercedes AMG F1) +15.070
3. Sebastyan Fettel (Scuderia Ferrari) +20.990
4. Kimi Raykkonen (Scuderia Ferrari) +27.561
5. Daniel Rikkardo (Red Bull Racing) +45.295
6. Valtteri Bottas (Williams) +51.015
7. Maks Ferstappen (Red Bull Racing) +54.236
8. Serxio Peres (Force India) +1:03.711
9. Felipe Massa (Williams) +1:06.020
10. Niko Xyulkenberg (Force India) +1:18.423
11. Romen Grojan (Haas) +1 aylana
12. Jyenson Batton (McLaren) +1 aylana
13. Esteban Gutrres (Haas) +1 aylana
14. Fernando Alonso (McLaren) +1 aylana
15. Karlos Sayns (Scuderia Toro Rosso) +1 aylana
16. Markus Eriksson (Sauber) +1 aylana
17. Kevin Magnussen (Renault Sport F1) +1 aylana
18. Esteban Okon (Manor) +2 aylana
19. Daniil Kvyat (Scuderia Toro Rosso) - DNF
20. Paskal Verlyayn (Manor) - DNF
21. Jolion Palmer (Renault Sport F1) - DNF
22. Felipe Nasr (Sauber) - DNF

Top