10:39 / 05.09.2016
7865

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi jamoa falsafasi haqida ma'lum qildi

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Rober Pires jamoa holati haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men bu jamoaga ishonaman, bu tarkibga va albatta Vengerga. Bilaman, ko‘plab muxlislar Arsen haqida tanqidiy fikrda. Bizning falsafamiz Manchesterdagi klublar yoki «Chelsi»dan ko‘ra kamroq pul sarflashga asoslangan.

Menimcha jamoaning saviyasi yuqori. «Arsenal»da jamlangan nomlarga qarang, bu rostdan ham yuqori saviyani bildiradi. Men ba'zan yigitlar bilan birga mashg‘ulot o‘tkazaman. Jamoa juda yaxshi holatda.

Balki bu mavsumda omadimiz kelar. Keling, yaxshilikka umid qilamiz», – degan sobiq futbolchi.

Manba: Tribuna.uz

Top