Jahon | 14:37 / 05.09.2016
38533
2 daqiqa o‘qiladi

Putin o‘z vorisini qanday tasavvur qilishi haqida aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning hisoblashicha, mamlakatning bo‘lg‘usi rahbari yetarli darajada yosh, shu bilan birga raso bo‘lishi lozim. Bu haqda u Bloomberg nashriga 1 sentabr kuni Vladivostokda bergan intervyusida aytib o‘tgan. Intervyu matni 5 sentabr kuni Kreml saytida e'lon qilindi.

«Bo‘lg‘usi yetakchi ham yosh, ham barkamol bo‘lishi kerak», — degan Putin.

Shu bilan birga u 2018 yilgi saylovda qayta saylanish-saylanmasligi haqida hech narsa bilmasligini aytib o‘tgan.

"Men hozircha o‘zim uchun hech narsani hal qilmadim", degan u.

"Hozir biz parlament saylovlari arafasidamiz. Bu saylovlar o‘tgach, natijalardan xulosa chiqaramiz. Qolaversa, prezidentlik saylovlarigacha hali 2 yil muddat bor. Shuning uchun bu haqda gapirishga juda erta", degan u jurnalistning savoliga javoban.

Shu yilning mart oyida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov yakuniga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 74 foizi Putinni qo‘llab-quvvatlashi ma'lum bo‘lgandi. 15 foiz kishi keyingi saylovda uning nomzodi uchun ovoz bermasligini, 11 foiz kishi esa bu savolga javob bera olmasligini bildirgan.

Rossiyada keyingi prezidentlik saylovi 2018 yilning kuzida o‘tkaziladi. Qonunchilikka ko‘ra, davlat rahbari o‘z lavozimini bir saylanishda 6 yil davomida egallab turadi. Putin saylovda ishtirok etish huquqiga ega. U 2012 yilda prezidentlikka saylangan. 1998-2008 yillar davomida mamlakatni boshqargan Putin, 2008 yildan 2012 yilgacha bosh vazir bo‘lgandi.

Mavzuga oid