08:38 / 05.09.2016
10336

Putin va Merkelning G20 sammiti doirasidagi uchrashuvi 2 soat davom etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan G20 sammiti doirasida uchrashdilar. Handelsblatt nashri ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar Suriyadagi ixtilof va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishgan. 

Yetakchilar 2 soat davomida suhbatlashishdi. "Yaxshiyamki, bizda ikki tomonlama munosabatlar va umumiy manfaatga ega bo‘lgan va biz hozirda ularni hal etish uchun ish olib borayotgan ba'zi muammolar bo‘yicha suhbatlashishga imkon bor", deb aytdi Putin uchrashuvda. 

Putin va Merkel muzokaralar davomida Suriyaning Halab shahridagi "ayanchli gumanitar holat"ni muhokama qilishdi, Minsk kelishuvlarining keyingi bajarilishi masalasini ko‘rib chiqishdi.

Putin 4 sentabrda, shuningdek, Fransiya prezidenti Fransua Olland, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bundan tashqari, AQSh prezidenti Barak Obama Putinga 5 sentabrda alohida uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan.  

Sammitda ko‘tarilayotgan asosiy mavzu dunyoda innovatsion iqtisodiyotni qurish bo‘lmoqda.

 

Mavzuga oid
Top