18:51 / 05.09.2016
13028

Shoygu g‘avvoslar uchun maxsus kiyimlar ishlab chiqaruvchisiga keskin ohangda tanbeh berdi

Jurnalist Oleg Kashin Feysbukdagi sahifasida «Rossiya 24» telekanalida namoyish etilgan yangilikdan bir parchani namoyish etdi. U, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning 2016 yil martida harbiy desant qo‘shinlari Ryazan harbiy bilim yurtiga tashrifiga oid xabardan olingan. 

Bilim yurti hududida chuqur basseyn qurilishi bilan tanishgan mudofaa vaziri Shoygu, jangovar g‘avvoslar uchun ishlab chiqarilgan maxsus kiyimlarni keskin ohangda tanqid qilgan:

«Bu ...dan kompozitmi? Sen o‘zing sinab ko‘r. Qanaqasiga kompozitli material? Biz sizlarga shuning uchun pul to‘layapmizmi?», — degan mudofaa vaziri, ishlab chiqaruvchiga g‘avvoslarning uskunalarini yengillashtirishni maslahat bergan. 


Mavzuga oid
Top