10:35 / 06.09.2016
5447

Manba: «MYu» futbolchilariga o‘yindan keyin futbolka almashtirish taqiqlandi

«Manchester Yunayted» futbolchilarga o‘yinlardan keyin raqib vakillari bilan futbolkalar almashishni taqiqlagan. «MYu» xo‘jayinlari liboslar ishlab chiqarish sohasida iqtisod qilish maqsadida shunday chora joriy etgan.

«Ular iqtisod qilish uchun futbolkalar almashishni taqiqlashdi. Bu juda bema'ni ko‘rinadi, «MYu» dunyodagi eng qimmatbaho klublardan biri sanaladi», - deya «MYu»dagi manbasi so‘zlarini keltirgan Sun nashri.

Yozda «Manchester Yunayted» yarim himoyachi Pol Pogba va hujumchi Zlatan Ibrahimovichni sotib olgandi va ularga mos ravishda 290 ming va 260 ming funt miqdoridagi haftalik maosh tayinlagan.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top