14:04 / 06.09.2016
67520

Putin Tatyana Karimova va Lola Karimovaga hamdardlik bildirdi

Foto: Kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqandga tashrifi vaqtida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning bevasi Tatyana Karimova hamda kichik qizi Lola Karimova-Tillayevaga shaxsan hamdardlik bildirdi.

Putin O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Islom Karimovni xotirladi. U marhumning qabri oldida tiz cho‘kkan holda qizil atirgullarni qabr ustiga qo‘ydi.

2 sentabr kuni kechqurun mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov vafot etgandi. Marhum 3 sentabr, shanba kuni, o‘z vasiyatiga ko‘ra, Samarqanddagi Shohi-Zinda majmuasidagi Hazrati Hizr qabristonida musulmon urf-odatlariga ko‘ra dafn etildi.

Dafn marosimini tashkillashtirish bo‘yicha komissiyaga O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev rahbarlik qildi.

3 sentabrdan boshlab O‘zbekistonda 3 kunlik motam e'lon qilindi.

Mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq, prezident saylovlari boshlanguniga qadar Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajarishga kirishadi.

Prezidentlik saylovi dekabr oyining birinchi qismida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Top