23:18 / 07.09.2016
42939

Dunyoning eng qimmat 9 shahri (EIU reytingi)

Economist Intelligence Unit (EIU) kompaniyasi har yili sayyoramizning yashash uchun eng qimmat va eng arzon shaharlari haqida hisobot tuzadi. Birinchi hisobot "Butun dunyo bo‘ylab yashash narxi", deb ataladi. Bu yerda yegulik, yoqilg‘i, shuningdek maosh hisobga olinadi. Dollar qiymatining kuchayishi va boshqa mamlakatlar valyutasining devalvatsiyasi tufayli joriy yil reytingida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin. 

So‘rovnoma muharrirlaridan biri Jon Koupsteyk shunday deydi: "Men deyarli 17 yildan buyon shu reyting ustida ishlayman va 2015 yildagidek keskin o‘zgarishlarni eslolmayman. Bir mamlakatda xom-ashyo narxining pasayib ketishi deflyatsiyaga sabab bo‘ldi, boshqalarida esa, aksincha, valyutaning zaiflashuvi va inflyatsiyaning oshishishga olib keldi".

9. Seul, Janubiy Koreya. Shahar qimmat kiyim-kechak va kommunal xizmatlar tufayli reytingda ko‘tarildi. EIU'ning ma'lum qilishicha, "Seulda yashash narxi bugungi kunda Kopengagen va Los-Anjyeles bilan bir maromda ketmoqda".

8. Kopengagen, Daniya. Shahar maosh hajmi sababli reytingdagi o‘rnini saqlab turibdi - bu yerda hayot kechirish qimmatga tushadi.

7. Nyu-York, AQSh. Kuchli dollar va zaif inflyatsiya Nyu-Yorkning boshqa mamlakatlardagi raqiblaridan qimmatlashuviga olib keldi. Masalan, bir kilogramm nonning o‘rtacha bahosi - 8,28 dollar. Bu reytingning birinchi pog‘onasidagi mamlakatga qaraganda ikki barobar qimmat.

6. London, Buyuk Britaniya. Londondagi ish haqining o‘sishi inflyatsiya va turar joy narxining o‘sishidan ortda qolmayapti. Ko‘chmas mulkning o‘rtacha bahosi 500 ming funtga yaqin, o‘rtacha maosh esa - taxminan 30 ming funt sterling.

5. Parij, Fransiya. Yevroning zaiflashuvi shunga olib keldiki, Parij - o‘nlikdan joy olgan yevrozonadagi yagona shahar bo‘lib qoldi. Zaif valyutaga qaramay, Parij yashash uchun juda qimmat shaharligicha qolayotganligi ta'kidlangan - bu yerda faqat spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarigina nisbatan hamyonbop narxda.

4. Jyeneva, Shveytsariya. Jyenevada yashash juda qimmatga tushadi. Bu yerda hordiq chiqarish sayyoramizning aksariyat joylariga qaraganda ancha qimmat. Ixtiyoriy xarajatlar hajmi shuni ko‘rsatadi, ya'ni majburiy xarajatlardan keyin odamlarda ortiqcha mablag‘ qoladi. 

3. Honkong. So‘nggi yilda Honkong reytingda yetti pog‘onaga ko‘tarildi, bunga turar joylarning yuqori bahosi va umuman yashash tarzining qimmatlashuvi sabab bo‘lgan. 

2. Tsyurix, Shveytsariya. EIU Tsyurixning yuqori o‘rnini shveysar frankining yevrodan ajralishi, shuningdek daromad va mahalliiy aholi xarajatlarining yuqoriligi bilan izohlaydi.

1. Singapur. Kichik davlat-shahar uchinchi yil ketma-ket dunyoning eng yashash qimmat bo‘lgan shahri maqomini ushlab kelmoqda. EIU'da ta'kidlanishicha, uning Nyu-York va Honkong oldidagi ustunligi boshqa joylarda yashash narxining keskin qimmatlashuvi sabab "deyarli yo‘qqa chiqmoqda". Bu yerda faqat oziq-ovqat mahsulotlari nisbatan arzon.


 

Mavzuga oid
Top