13:37 / 07.09.2016
6853

FT: Bayer Monsanto kompaniyasiga taklif etayotgan bahoni yana ko‘tardi

Germaniyaning kimyo va farmatsevtika kompaniyasi Bayer AG Amerikaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Monsanto firmasini xarid qilish uchun taklif etayotgan mablag‘ini 65 mlrd dollargacha oshirdi, deb yozmoqda Financial Times.

Xabar qilinishicha, Bayer Monsanto kompaniyasi bilan «amaliy» muzokaralarni davom ettirmoqda va bitimga erishilgudek bo‘lsa, har bir aksiya qiymatini avval taklif qilingan 125 dollardan 127,5 dollarga oshirishi mumkinligini aytmoqda. 

FT gazetasining yozishicha, mazkur jarayon ijobiy yakun topsa, kompaniyalarni dunyodagi eng yirik o‘simlik urug‘lari va pestitsidlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga aylantiradi. 

Bayer rahbariyatiga yaqin manbaning so‘zlariga ko‘ra, bitim yaqin bir necha hafta mobaynida amalga oshishi mumkin. Hozirda, kompaniyalar bir necha masalani muhokama etishmoqda. 

Avvalroq, Monsanto Germaniyaning Bayer AG konsernining uni xarid qilish bo‘yicha 62 mlrd dollarlik taklifini rad etgan edi.

Top