08:38 / 07.09.2016
7763

Hillari Klinton yo‘talini Trampga allergiya bilan tushuntirdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Hillari Klintonni Klivlenddagi nutqi vaqtida yo‘tal tutib qoldi. Yo‘tal deyarli 2 daqiqa davom etgan. Klinton bu yo‘talni o‘zining saylov bo‘yicha asosiy raqibi Donald Trampga allergiya bilan tushuntirdi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda. 

"Men Tramp haqida har gal o‘ylaganimda, menda allergiya qo‘zg‘aydi", deb aytdi Klinton.

O‘z navbatida, Klinton saylov kampaniyasi menejyeri Keliann Konvey Klintonda haqiqatan ham u uncha xush ko‘rmaydigan OAVga allergiya borligini aytdi. Ta'kidlanishicha, ushbu voqea tvitterda keng muhokamaga sabab bo‘ldi va eng ommaviy mavzular qatoridan tezda joy olgan #HackingHillary xeshtegi ishga tushirildi.

 

Top