Yangi iPhone 7’ning ikkita kameraga ega bo‘lishi haqidagi mish-mishlar — ayni haqiqat! Qurilma dizayni yanada ixchamlashgan.

Apple korpus ishlab chiqarishning yangi texnologiyasi bilan alohida maqtanib o‘tdi. Alyuminiy endi shishadan farq qilmaydi, shuningdek, siz ikkita yangi rangni uchratishingiz mumkin - qora va qora oniks.

«Home» tugmasi jiddiy o‘zgarishni boshdan kechirdi. U endilikda barmoq kuchini seza oladi. Unda Taptic Engine mexanizmi o‘rnatilgan.

iPhone 7 Plusning ikkita 12 megapikselli kamerasi 10 karrali optik kattalashtirishga, foto uchun obektivlar kengburchakli tasvirga ega. 

iPhone 7 kamerasi 12 megapikselli sensor va suratni optik muvofiqlashtirishga ega bo‘ldi. Suratlar yangi iP7chipi orqali tahrirlanadi va chipning o‘zi kerakli yorug‘lik va ranglarni tanlab beradi. 

Yangi ayfonlarda 3,5 mm,li teshik yo‘qligi sababli kompaniya simsiz quloqchinlarni taqdim etdi. Air Pods kompaniyaning istalgan qurilmasida iCloud orqali ishlay oladi.

Air Podsni Siri ovoz yordamchisi orqali boshqarish mumkin. Qurilma shuningdek, suhbatlar uchun mikrofon vazifasini ham o‘taydi. 

Air Pods o‘z keysiga ega bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida undan quvvat oladi. Quloqchilarning bir zaryadi 5 soatga yetishi mumkin. 

Odatiy quloqchinlarni yangi qurilmaga smartfonlar to‘plamiga kiruvchi ulagich bilan ulash mumkin.