00:42 / 08.09.2016
10224

London o‘t o‘chiruvchilari uchun 52 ta BMW i3 elektrokari xarid qilindi

London o‘t o‘chirish boshqarmasi xizmat maqsadlari uchun BMW i3 rusumidagi 52 ta elektrokar xarid qildi. Mashinalar maxsus uskunalar bilan jihozlanmagan, ular o‘t o‘chiruvchilar tomonidan chaqiruv joyiga borish uchun ishlatiladi.

BMW i3 avtomobillari Vauxhall Astra dizel xetchbeklari o‘rniga sotib olindi. Elektrokarlar yorug‘likni qaytaruvchi mayoqlar bilan jihozlandi va London o‘t o‘chiruvchilarining an'anaviy  qizil-sariq ranglariga bo‘yaldi.

BMW i3 London o‘t o‘chiruvchilariga 5 yil davomida xizmat qiladi. O‘t o‘chirish boshqarmasida 2020 yilda uning xizmat mashinalari parkida ekologik toza mashinalar ulushi kamida 5 foizni tashkil qilishiga umid qilinmoqda. 

2016 yil iyunda Los-Anjyeles politsiyasi departamenti BMW bilan 100 ta i3 elektrokar xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. 100 ta mashinadan iborat birinchi partiya politsiyachilarga 2017 yil bahorida jo‘natiladi. Politsiya departamenti keyingi 5 yil ichida yana 500 ta elektrokar buyurtma qilishni mo‘ljallagan. 

 

Mavzuga oid
Top