00:46 / 09.09.2016
6810

Argentinalik tennischi US Open musobaqasida yig‘lab yubordi

Argentinalik tennischi Xuan Martin del Potro US Open tennis musobaqasining chorak finalida shveysariyalik Stanislas Vavrinkiga qarshi uchrashuv oxirida ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Muxlislar Vavrinki matchboli oldidan del Potroni qo‘llab-quvvatlay boshladilar va u bundan ta'sirlanib yig‘lab yubordi. Argentinalik 7:6 (7:5), 4:6, 6:3, 6:2 hisobida uchrashuvni boy berdi.

Endi Vavrinka yarim finalda yaponiyalik Key Nisikori bilan bellashadi. Ikkinchi yarim finalda jahonning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich va fransuz Gael Monfis uchrashadi.

Del Potro US Open-2009 g‘olibi hisoblanadi, ikki marta Olimpiada medalini qo‘lga kiritgan. 

Joriy AQSh ochiq chempionatining mukofot jamg‘armasi 46,3 mln dollarni tashkil qilib, tennis musobaqalari tarixida eng yirigi bo‘ldi. 

 

Mavzuga oid
Top