Sirdaryo viloyatida paxta xom-aşyosini qisqa muddatlarda yiğib-terib olişni taşkil etiş maqsadida aniq çora-tadbirlar işlab çiqilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bergan.

Viloyatda katta xarajatlar evaziga yetiştirilgan paxta xom-aşyosini yoğin-soçinli kunlarga qoldirmasdan, qisqa muddatlarda yiğib-terib olişni taşkil etiş maqsadida, viloyat va tuman hokimliklari tomonidan aniq çora-tadbirlar işlab çiqilgan.

Jumladan, ilğor terimçilarni rağbatlantiriş tizimi mavjud va bu viloyat aholisiga yetkazilgan. Xususan, «har kuni terilgan paxta uçun naqd pul beriladi».

Şuningdek, 5 tonnadan ortiq paxta tergan oilaga televizor, oilasi bilan 10 tonna paxta tergan xonadon egasiga muzlatgiç, kir yuvadigan maşina beriladi, 15 tonna paxta tergan xonadon egasiga esa — öz mablaği yoki kredit evaziga — navbatsiz yengil maşina beriladi.

Qolaversa, 5 kun davomida 750 kilogrammdan 1 tonnagaça paxta tergan ilğor terimçiga bepul televizor berilişi va'da qilingan.

«Yurtimizning gullab-yaşnaşida qişloq xöjaligidan, ayniqsa, paxta hosilidan olinadigan daromad muhim ahamiyatga ega. Şu daromad evaziga xalqimiz çiroyli uylar quradi, farzandlariga töylar qiladi. Şu bilan birga, uşbu daromadlar evaziga şahar va qişloqlarimizda yangidan yangi maktablar, şifoxonalar, maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari, korxonalar qad kötaradi, bu esa joylarda köplab yangi iş örinlarini yaratiş imkonini beradi.

Bu yilgi yetiştirilgan hosil har yilgidan möl böldi. U qisqa muddatlarda yiğiştirib olinadi va muhtaram Yurtboşimizga berilgan va'daning ustidan çiqiladi», — deya qöşimça qilingan viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.