11:54 / 09.09.2016
11902

Tesla elektrokari ishtirokida o‘lim bilan yakunlangan yangi YTH sodir bo‘ldi (video)

7 sentabrda Niderlandiyada mahalliy vaqt bilan soat 6:00da fojia ro‘y berdi. Amsterdamning sharqiy qismidan 40 kilometr masofadagi trassada YTH sodir bo‘ldi. Bu haqida 24gadget.ru ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, Tesla elektrokari soatiga 155 kilometr tezlikda harakatlanayotib, daraxtga urilgan. Mashinada faqat haydovchi bo‘lgan - u voqea sodir bo‘lgan joyning o‘zidayoq hayotdan ko‘z yumgan. 

YTH sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar "dunyodagi eng xavfsiz mashina"ning ichidan 53 yoshli haydovchining jasadini olib chiqqunga qadar bir necha soat vaqt ketgan. 

O‘lim bilan yakunlangan YTH sabablari hozircha noma'lum. Voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan Tesla Motors kompaniyasi vakillari "fojiaviy YTH sabablarini aniqlash uchun hukumat bilan hamkorlik qilishayotgan"ini aytishgan. Bugun kompaniyadan shunday ma'lumot kelgan: YTH vaqtida "Avtopilot" funksiyasi (aynan u bilvosita aybdor, deb topildi) qo‘llanmagan. Ichki tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda. 

Afsuski, bu Tesla avtomobilining o‘lim bilan yakunlangan ilk YTH emas. Joriy yilda Floridada "avtopilot" rejimidagi mashina yo‘ldagi to‘siqni ko‘rmay, trassani kesib o‘tayotgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Top