10:59 / 09.09.2016
6490

US Open. Ayollar o‘rtasidagi bahslarda finalchilar ma'lum bo‘ldi

AQShning Nyu-York shahrida davom etayotgan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi yilnning to‘rtta nufuzli turniridan biri bo‘lmish US Open musobaqasida yarim final bahslari o‘tkazildi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 46 mln 300 ming dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning ayollar o‘rtasidagi turniri yarim finalida sayyoramizning birinchi raketkasi amerikalik Serena Uilyams chexiyalik Karolina Plishkovaga 2:6 va 6:7 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi.

Ikkinchi yarim finalda germaniyalik Anjyelika Kerber daniyalik Karolina Voznyatskini 6:4 va 6:3 hisoblarida yengdi.

Endi US Open finalida Kerber va Plishkova bahsi bo‘lib o‘tadi.

Top