10:49 / 09.09.2016
5947

Wells Fargo banki 5 mingdan ortiq xodimini firibgarlikda ayblab ishdan bo‘shatdi

AQShning eng yirik banklaridan biri Wells Fargo 5,3 ming xodimini ishdan bo‘shatdi. Ular, mijozlarga ma'lum qilmasdan, bank hisob raqamlari ochish va kartalarga ko‘rsatilgan xizmat uchun komissiya olishda ayblanayapti, deb xabar qilmoqda CNN Money.

Qayd etilishicha, umumiy hisobda 2 mlndan ortiq hisob va kredit raqamlari ochilgan. Bank xodimlari bonuslar olish va savdolar bo‘yicha rejani amalga oshirish uchun shunday firibgarlikka qo‘l urishgan. 

AQSh Iste'molchilar huquqini himoya qilish federal byurosi bankka 185 mln dollar jarima solinishini ma'lum qildi. 

Bank rahbariyati xodimlarining firibgarligidan aziyat chekkan mijozlariga 2,6 mln dollar tovon puli to‘lashini bildirdi. 
 

Mavzuga oid
Top