07:54 / 10.09.2016
4065

"Arsenal", "Tottenhem"dan g‘alaba, "Vest Hem" esa mag‘lub bo‘ldi

 

Angliya Premer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar poyoniga yetdi. 

Londonda "Arsenal" "Sauthempton"ni qabul qildi. Bu o‘yinda "to‘pchilar" so‘nggi daqiqalarda Santi Kasorla tomonidan kiritilgan to‘p evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozonishni uddasidan chiqdi. "Tottenhem" esa safarda "Stok Siti"ni yanchib tashladi, - 0:4.

"Vest Hem" esa kutilmaganda o‘z maydonida "Uotford"ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mavsumning startini ajoyib boshlagan "Xall Siti" esa "Barnsli" maydonida 1:1 hisobida durang qayd etdi. 

Angliya - Premer-ligasi. 4-tur

"Arsenal" – "Sauthempton" – 2:1

Gollar: Chex, 18 (0:1, avtogol); Koselni, 29 (1:1); Kasorla, 90+4 (2:1, pen).

Ogohlantirishlar: Monreal, 16; Kasorla, 26 – Forster, 54; Xyoyberg, 86; Fonte, 90+1; van Deyk, 90+4; Bertrand, 90+4.

"Stok Siti" – "Tottenhem" – 0:4

Gollar: Min, 41 (0:1); Min, 56 (0:2); Alli, 59 (0:3); Keyn, 70 (0:4).

Ogohlantirishlar: Uilan, 7; Arnautovich, 34; Adam, 90+1 – Vanyama, 45+1; Sissoko, 90.

"Vest Hem" – "Uotford" – 2:4

Gollar: Antonio, 5 (1:0); Antonio, 33 (2:0); Igalo, 41 (2:1); Dini, 45+2 (2:2); Kapu, 53 (2:3); Xolebas, 63 (2:4).

Ogohlantirishlar: Dzadza, 12; Bayrem, 84 – Ketkart, 42; Okaka Chuka, 86.

"Bornmut" – "Vest Bromvich Albion" – 1:0

Gol: Uilson, 79 (1:0).

Ogohlantirishlar: Smit, 71 – Yakob, 53; Evans, 89; Fild, 90.

"Byornli" – "Xall Siti" – 1:1

Gollar: Defur, 72 (1:0); Snodgrass, 90+5 (1:1).

Ogohlantirishlar: Mi, 27; Erfild, 82

"Midlsbro" – "Kristal Pelas"  – 1:2

Gollar: Benteke, 16 (0:1); Ayyala, 38 (1:1); Zaxa, 47 (1:2).

Ogohlantirishlar: Ramires, 60 – Uord, 82; Zaxa, 90+5.

Top