09:04 / 10.09.2016
6879

Umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Kurdiston ishchi partiyasi yetakchisiga oilasi bilan uchrashishga ruxsat berildi

Turkiyada umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Kurdiston ishchi partiyasi yetakchisi – Abdulla O‘jalanga oilasi bilan uchrashishga ruxsat berildi. Bu haqda turk OAV xabar bermoqda.

O‘jalan yaqinlari bilan Qurbon hayiti bayramida 13 sentabrda uchrashadi. Oxirgi marta O‘jalan yoniga qiynoqlarning oldini olish Yevropa qo‘mitasi xodimlari tashrif buyurishgandi.

O‘jalan 1999 yildan beri Imrali orolidagi qamoqda saqlanib kelinadi.

 

Top