08:02 / 11.09.2016
9955

Yengilmas bokschi Golovkin uchta chempionlik kamarini himoya qildi

O‘rta vazn toifasida (72,5 kg) ishtirok etuvchi qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin britaniyalik bokschi Kelli Brukka qarshi jangda raqibi ustidan g‘alaba qozonib, uchta jahon chempioni unvonini himoya qildi. Bokschilar 11 sentabrga o‘tar kechasi Londonda jang o‘tkazdilar.

Golovkin jangni 5-raundda texnik nokaut bilan yutdi. Uning raqibi jamoasi ringga sochiq tashlab, jangni davom ettirmaslikka qaror qildi.

34 yoshli bokschi WBC, IBF va IBO bo‘yicha chempionlik unvonlarini himoya qildi. 

Golovkin professional ringda 36 ta jang o‘tkazib, hali birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan va ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Mavzuga oid
Top