09:43 / 11.09.2016
10237

Futzal: O‘zbekiston JChdagi debyut o‘yinida mag‘lub bo‘ldi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada start olgan Jahon chempionati doirasida o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Bu O‘zbekiston futzali tarixida Jahon chempionatilaridagi debyut o‘yin bo‘ldi.

«A» guruhi doirasidagi birinchi tur uchrashuvida O‘zbekiston Panamaga qarshi maydonga chiqib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Kastrellon, De Leon hamda Mena kiritgan gollarga O‘zbekiston terma jamoasi Javlon Anorovning bir goli bilan javob bera oldi.

O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi o‘yini 14 sentabr kuni, Toshkent vaqti bilan tonggi 6:00 da boshlanadi. Unda o‘zbekistonliklar jamoasi musobaqa mezboni — Kolumbiyaga qarshi bahs olib boradi.

JCh-2016
1-tur, 11.09.2016
Kali, «Kolizeo el Pueblo»

O‘zbekiston — Panama 1:3
Gollar: J.Anorov (39) — Kastrellon (16), M.De Leon (30), F.Mena (36)

O‘zbekiston: 1.Rustam Umarov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov (S), 14.Konstantin Sviridov
Zaxira: 12.Akmal Hazratqulov, 2.Dilshod Irsaliyev, 3.Nodir Eliboyev, 4.Xurshid Tojiboyev, 5.Davron Choriyev, 6.Odilov, 9.Hamroyev, 10.Javlon Anorov, 13.Feruz Faxriddinov,
Panama: 12. Londono, 3.Xinks, 5.Mena, 6.Rivas (S), 8.S.Peres
Zaxira: 1. Atensio, 13. Viktoriya, 2. Braun, 4.J.Peres, 9. Sanches, 10. De Leon, 11. Kastrellon, 14.Kastilo
Ogohlantirish: D.Irsaliyev 31, J.Anorov 34 — J.Braun 19, E.Rivas 31

Mavzuga oid
Top