09:19 / 11.09.2016
9154

La liga. «Barselona» o‘z uyida «Alaves»ga yutqazdi

"Barselona" Ispaniya primerasining 3-turida "Alaves"ni qabul qildi. Barselonadagi "Kamp Nou" stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

39-daqiqada maydon markaziga yaqin hududda mehmonlar to‘pni o‘yinga kiritishdi va Kiko Femeniya darvozabon maydonchasiga kuchli uzatma berdi. Deyverson Matyoga nisbatan chaqqonroq harakat qildi va Yasper Silessen qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. 

Ikkinchi bo‘lim boshida Jyeremi Matyo "Alaves" darvozasini bosh bilan ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. 

64-daqiqada Haver Maskerano to‘pni qaytarish chog‘ida uni oyoqlari ostidan o‘tkazib yubordi. Ibai Gomes to‘pni egalladi, yo‘l-yo‘lakay Aleish Vidalni aldadi va olis burchakni aniq nishonga oldi - 1:2.

Enrike o‘yinni qutqarib qolish uchun maydonga FIFA kunlari doirasida terma jamoa o‘yinlari uchun uzoq parvozlarda bo‘lgan va toliqqa Inesta, Messi hamda Luis Suaresni tashladi. Ammo o‘yin oxirigacha hisob o‘zgarmadi.

Ayni vaqtda "Barselona" (6 ochko) bilan 5-o‘rinda joylashgan, "Alaves" esa (5 ochko) oltinchi o‘rinda.

Ispaniya - Primera. 3-tur
Barselona (Barselona) – Alaves (Vitoriya) – 1:2
Gollar: Deyverson Brum, 39 (0:1); Matyo, 46 (1:1); Gomes, 64 (1:2).
Barselona – Sillessen, Aleish Vidal, Mate, Din, Rakitich, Maskerano, Denis Suares (Messi, 60), Buskets, Turan (Inesta, 64), Neymar, Pako Alkaser (Luis Suares, 66).
Alaves – Pacheko, Ruano, Teo, Garsiya Karnero, Laguardia, Markos Lorente, Femeniya (Vigaray, 74), Mendes (Espinosa, 70), Torres, Ibai Gomes (Kamarasa, 79), Deyverson. 
Ogohlantirishlar: Maskerano, 55 – Garsiya, 72.

Top