15:12 / 12.09.2016
56656

Nazarboyev Islom Karimovni xotirlash uchun Samarqandga keldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 12 sentabr kuni Samarqand shahriga ishchi tashrifni amalga oshirdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining rasmiy sayti xabar bergan.

Bu tashrif doirasida u Samarqandda bo‘lib, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirgan.

"Tashrif doirasida Islom Karimovning qabriga gul qo‘yish va uning oilasi bilan uchrashish rejalashtirilgan", deyilgan xabarda.

Shuningdek, Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston respublikasi prezidenti lavozimini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Top