«Barselona»ning braziliyalik hujumchisi Neymar qo‘shiqchilik faoliyotini boshlashga qaror qildi.

«Chorshanba kuni ilk qo‘shig‘imni taqdim qilaman. Qo‘shiqni feysbukka joylayman. Bu Neymusico bo‘ladi», – deya yozgan Neymar tvitterdagi akkauntida.

Bundan oldinroq Neymar pianino chalish darslariga qatnayotgani haqida xabar berilgandi.