09:48 / 13.09.2016
5373

Xitoy internet jinoyatlarini sodir etganlikda gumon qilib 3 mingdan ortiq kishini qo‘lga oldi

© AP Photo/ Mark Schiefelbein

Xitoy politsiyasi shu yilning may oyidan beri internetdagi jinoyatlarga aloqador bo‘lgan 3,4 ming kishini hibsga oldi, deya xabar qilmoqda XXR jamoat xavfsizligi vazirligi. 

Mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari maxsus kampaniya doirasida internet tarmog‘iga noqonuniy joylashtirilgan 122 ming e'lonni yo‘q qilgan. Turli resurslardagi 23 ming akkauntni bekor qilgan, 4207ta saytga sud orqali jazo qo‘llagan. 

Avvalroq, XXR jamoat xavfsizligi xizmati firibgarlar tomonidan telekommunikatsiya sohasida qo‘llashi mumkin bo‘lgan axborotlarni tarqatuvchi onlayn xizmatlarga qarshi qaratilgan maxsus amaliyot o‘tkazishni boshlagan edi. 

Qayd etilganidek, vazirlik fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlari, xususan bank hisob raqamlarini sotuvchi, viruslar yordamida foydalanuvchilar ma'lumotlarni o‘g‘irlaydigan hamda soxta elektron sertifikatlar taqdim etuvchi xizmatlarni aniqlab, yo‘q qilish bilan shug‘ullanadi. 
 

Top