15:53 / 13.09.2016
14417

Tojikiston futbol federatsiyasi «Hamdo‘stlik kubogi-2016» turniridagi voqea yuzasidan munosabat bildirdi

Tojikiston futbol federatsiyasining rasmiy tvitterida «Hamdo‘stlik kubogi-2016» nomidagi musobaqada O‘zbekiston va Tojikiston o‘smirlari o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuvda mamlakat terma jamoasi ishtirok etmagani ma'lum qilindi.

«Rasman bayonot beramiz, Tojikiston futbol federatsiyasi bunday nomdagi musobaqaga jamoa yubormagan» - deyilgan xabarda.

Bundan avvalroq Rossiyaning Bratsk shahrida o‘smirlar o‘rtasida «Hamdo‘stlik kubogi-2016» musobaqasi finalida O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o‘rtasida kechgan bahs ommaviy mushtlashuv bilan yakunlangani haqida xabar paydo bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top