Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Azimovga yana ikki sohaga rahbarlik qilish vazifasi yuklatildi
O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 13 sentabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov rahbarlik qiladigan kompleks mas'ul bo‘lgan sohalar soni oshdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati portali xabar bergan.
"2016 yil 13 sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4833-son farmoniga muvofiq Azimov Rustam Sodiqovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, hududlarni kompleks rivojlantirish, ta'lim va fan masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi", deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
15:24 / 14.01.2026
Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari uchun yangi talablar joriy etilishi mumkin
21:53 / 11.01.2026
Xorijda o‘qib muvaffaqiyatga erishgan talabalarga “Yilning xalqaro talabasi” mukofoti topshirildi
11:03 / 02.01.2026
Ta’lim sohasida bozor xizmatlari o‘smoqda: hududlar kesimida ko‘rsatkichlar
20:22 / 07.08.2025