08:58 / 14.09.2016
5050

Serbiya va Chernogoriyaning sobiq prezidentiga qariyb 4 yillik qamoq jazosi tayinlandi

Serbiya va Chernogoriya davlat ittifoqining sobiq prezidenti Svetozar Marovich o‘z xizmat lavozimini suiiste'mol qilgani va korrupsiya uchun Podgoritsa Oliy sudi tomonidan 3 yilu 10 oylik qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda chernogoriya sud mahkamasi xabar bergan.

Shuningdek, 61 yoshli Marovich davlatga 1,1 million yevro hajmida tovon puli to‘lashi va xayriya uchun 100 ming yevro ajratishi belgilangan.

Marovich, uning oila a'zolari va yaqinlari davlat yerini sotishdagi firibgarlik va Budva dam olish maskanida ko‘plab infratuzilmali obektlar qurilishidan noto‘g‘ri foydalanganlikda ayblangan.  Natijada, sobiq siyosatchi o‘z aybini bo‘yniga olgan, unga chiqarilgan qaror esa aybni tan olish evaziga hukmni yumshatish bo‘yicha prokuratura bilan kelishilgan shartnoma natijasi bo‘ldi.

Svetozar Marovich Serbiya va Chernogoriya ittifoqi shakllangan vaqtidan boshlab, 2003 yildan 2006 yili ittifoq parchalanib ketgunigacha prezident bo‘lgan. Uzoq yillar davomida u Chernogoriyaning eng nufuzli siyosatchilaridan biri deya e'tirof etilgan. U Siyosiy Kengash direktori lavozimida Sotsial demokratik partiyani boshqarib kelgan. Sobiq prezident politsiya tomonidan 2015 yilning dekabr oyida qo‘lga olinib, salomatligiga oid jiddiy muammosi bo‘lganligi sabab yarim yil muddatga ozodlikka chiqarilgan.

Mavzuga oid
Top