20:04 / 15.09.2016
75881

Dayjyest: O‘zbekistonda yangi qonun kuchga kirdi, Ka'baning yangi libosi, Asqar Akayevning mulohazalari, yuqorilagan milliy terma jamoa

Yakunlanib borayotgan 15 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Toshkent-Buxoro yo‘nalishida «Afrosiyob»ning doimiy qatnovi boshlandi

«Afrosiyob» elektr poyezdi bugun, 15 sentabr kunidan Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni amalga oshira boshladi.

>>> Batafsil

 

BAA IIV rahbarining ziyorati

Birlashgan Arab Amirliklari bosh vazir o‘rinbosari, IIV rahbari Sayf bin Zaid 13 sentabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

>>>  Batafsil

 

O‘zbekistonda yangi qonun kuchga kirdi

O‘zbekiston respublikasi prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 14 sentabr kuni «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunga imzo chekdi. Ushbu qonun loyihasi 12 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 24 avgust kuni Senat tomonidan ma'qullangan edi. Qonun haqidagi hujjat 15 sentabr kuni «Narodnoye slovo» va «Xalq so‘zi» gazetalarida chop etildi va shu kundan boshlab kuchga kirdi.

>>> Batafsil

 

1 oktabrdan issiq va sovuq suv narxlari oshadi

1 oktabrdan O‘zbekiston poytaxti aholisi va tashkilotlar uchun markaziy isitish hamda issiq suv ta'minoti tarifi oshadi. 

>>> Batafsil

 

O‘zbekistonda tabiiy gazga to‘lov narxi oshadi

«O‘ztransgaz» aksionerlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2016 yil 13 sentabrdagi №19-03-22-06-o‘zr-57-2016-sonli narxlarni ro‘yxatga olish reyestriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ulgurji iste'molchilariga (shu jumladan issiqlik ta'minoti korxonalariga) yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi 2016 yil 1 oktabrdan QQS hisobga olingan holda 1000 kub metri uchun 246 100 so‘m qilib belgilandi.

>>> Batafsil

 

O‘zbekistonda 1 oktabrdan elektr energiya narxi oshadi

Yoqilg‘i energiya boyliklarining tannarxi oshishi munosabati bilan «O‘zbekenergo» AJ 2016 yil 1 oktabrdan boshlab elektr energiya narxlari oshishini ma'lum qiladi.

>>> Batafsil

 

O‘zbekiston Rossiyaga «yashil yo‘lak» yaratishni taklif qildi

O‘zbekiston Rossiyaga Bojxona xizmati va Rossiyaning veterinar va sanitar nazorat bo‘yicha Federal xizmati («Rosselxoznadzor») yo‘nalishida kelishuv tuzib, bojxona va fitosanitariya hujjatlarini rasmiylashtirishni soddalashtiruvchi «yashil yo‘lak» deb nomlanuvchi jarayonni amalga oshirishni taklif qildi.

>>> Batafsil

 

Ka'baning yangi libosi

Har yili Qurbon Hayiti bayrami arafasida muqaddas Ka'baga yangi ka'bapo‘sh yopiladi. Bu yil ham umumiy qiymati 20 million rialni tashkil etuvchi yangi ka'bapo‘sh yopildi.

>>> Batafsil

 

Klintonning salomatligi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton o‘z salomatligi haqida yangi ma'lumotlarni chop etdi.  

>>> Batafsil

 

Dunyodagi 3,7 million muhojir bola o‘qish imkoniyatidan mahrum

Dunyodagi 6 million muhojirdan 3,7 million nafar bola o‘qish imkoniga ega emas. BMTning muhojirlar masalalari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi (MOKB) payshanba kuni Jyenevada chop etilgan hisobotida shu haqida ma'lum qildi.

>>> Batafsil

 

Asqar Akayevning mulohazalari

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, uning Manas aviabazasida AQShning AWACS ayg‘oqchi samolyotlarini joylashtirishga ruxsat bermagani 2005 yili mamlakatda uyushtirilgan "lola inqilobi" sabablaridan biri bo‘lgan.  

>>> Batafsil

 

O‘zbekiston MTJ FIFA reytingida yuqoriladi

FIFA sentabr oyi uchun terma jamoalar reytingini taqdim etdi.

>>> Batafsil

 

O‘zbekistonlik tennis arbitrlari bir umrga chetlashtirildi

Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) o‘zbekistonlik tennis arbitrlari Sherzod Hasanov va Arxip Molotyaginni bir umrga diskvalifikatsiya qildi.

 >>> Batafsil

Top