19:19 / 15.09.2016
9560

Putin 17 sentabr kuni Qirg‘iziston rahbari bilan uchrashib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklaydi

Rossiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 16 sentabr kuni MDH davlatlari sammitida ishtirok etish uchun Bishkekka tashrif buyuradi. 17 sentabr kuni esa u Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan ikki yoqlama uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqdaRIA Novosti axborot agentligi Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovga asoslanib xabar bergan.

"17 sentabr kuni ertalab prezidentimiz Atambayev bilan uchrashadi. Shu kuni Atambayevning 60 yillik yubileyi munosabati bilan, ehtimol, tadbir o‘tkazilar", degan Ushakov.

U Putinning Atambayevga hozirlab qo‘ygan sovg‘asiga to‘xtalgan.

"Men u yerda bitta emas, bir nechta sovg‘alar bo‘lishini aytmoqchiman, ammo ulardan biri  — davlat tomonidan tortiq qilinadi", degan u.

Xabarda aytilishicha, bo‘lajak uchrashuvning asosiy mavzusi — iqtisodiy hamkorlik bo‘lib, shu jumladan, 12 avgustdan boshlab Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zoligi borasida ham muzokaralar olib boriladi.

Mavzuga oid
Top