11:57 / 15.09.2016
9940

Rossiyalik bokschi Aloyan shtabi doping aybloviga javob qaytardi

Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlarida boks bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritgan rossiyalik bokschi hech qanday taqiqlangan mahsulot iste'mol qilmagan. Bu haqda Novosibirsk oliy sport ustaligi markazi TASS agentligiga ma'lum qilgan. Xabarlarga ko‘ra, sportchi ayni markazda shug‘ullanadi. Markaz rahbariyati, xakerlar tomonidan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan va doping tahlili ijobiy natija bergan sportchilar ro‘yxatiga nisbatan shu tarzda munosabat bildirgan. 

Agentlikning yozishicha, OAVda Aloyanning iste'mol qilgani da'vo qilingan modda shamollashga qarshi ko‘pgina dorilar tarkibiga kiradi. Biroq, rossiyalik bokschi Olimpiya o‘yinlari chog‘ida shamollashga qarshi bironta ham dori iste'mol qilmagan. 

Hozircha Aloyanning o‘zi ham murabbiyi ham bu xabarga munosabatini bildirmagan. 

Top