Jahon | 23:40 / 15.09.2016
10185
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp o‘z sog‘lig‘i haqidagi ma'lumotni chop etdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp davolovchi shifokorining uning salomatligi haqidagi hisobotini chop etdi. Hujjat Trampning saylovoldi saytida chop etildi.

Ta'kidlanishicha, 70 yoshli Tramp tibbiy ko‘rikdan 2016 yil 9 sentabrda o‘zining 30 yildan beri shaxsiy terapevti bo‘lgan Nyu-Yorkdagi Xarold Bornsteyn huzurida o‘tgan.

Hisobotda ko‘rsatilishicha, Tramp "prezident kampaniyasining og‘irliklari va AQSh prezidenti lavozimidagi juda murakkab ishga tinimsiz bardosh bera olish uchun" yetarlicha bardoshlidir.

Hujjatlarga ko‘ra, Trampning sog‘lig‘i a'lo darajada. Shifokorning aytishicha, Tramp xolesterin darajasini kamaytirish uchun dori vositasi (rozuvastatin) qabul qiladi hamda tamaki va spirtli ichimliklar iste'mol qilmaydi.

Vazn va bo‘y haqidagi ma'lumotlarga ko‘ra, Trampda ortiqcha vazn mavjud.  

Avvalroq Trampning prezident saylovlaridagi asosiy raqibi Xillari Klinton ham o‘z sog‘lig‘i haqida yangi ma'lumotlarni chop etgandi.

 

Mavzuga oid