«O‘ztransgaz» aksionerlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2016 yil 13 sentabrdagi №19-03-22-06-o‘zr-57-2016-sonli narxlarni ro‘yxatga olish reyestriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ulgurji iste'molchilariga (shu jumladan issiqlik ta'minoti korxonalariga) yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi 2016 yil 1 oktabrdan QQS hisobga olingan holda 1000 kub metri uchun 246 100 so‘m qilib belgilandi.

Aholi uchun tabiiy gaz uchun yangi narxlar quyidagicha belgilandi:

1. Gaz hisoblagichlari bo‘lgan aholi uchun gaz narxi, 1 m3 246,12 so‘m

2. Gaz hisoblagichlari bo‘lmagan aholi uchun gaz narxi,
taom tayyorlash va issiq suv ta'minoti uchun, 1 m3 422,59 so‘m

Isitish uchun gaz narxi, 1 m3 197,37 so‘m