21:00 / 16.09.2016
26639

Dayjyest: O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik, Abdulla Oripov AQShga yo‘l oldi, Qozog‘istonning merosxo‘ri haqida mish-mish

Yakunlanib borayotgan 16 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. "Milliy tiklanish" partiyasi O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Sarvar Otamurodov nomzodini taqdim qildi. Saylov bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar.

>>>  Batafsil.

Jizzaxda yangi hokim ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 16 sentabrda joylarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.

>>>  Batafsil.


Abdulla Oripov AQShga yo‘l oldi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Muhammad Ismoilning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov davolanish uchun AQShga jo‘nab ketgan.

>>>  Batafsil.

Xeyli Eshbornning jasorati

Rejissyor Stian Smestad 2 800 metr balandlikdagi Torri del Vajolet cho‘qqilari orasida tortilgan 52 metrli arqondan o‘tgan Xeyli Eshbornning ekstremal harakatini videotasvirga tushirdi.

>>>  Batafsil.

YeIning ehtimoliy armiyasi

Yevropaning qator OAV va Bryusseldagi diplomatik manbalarning ma'lumotlariga ko‘ra, YeI yetakchilarining Bratislava sammiti doirasida bo‘lib o‘tajak norasmiy uchrashuvida turli masalalardan tashqari YeI armiyasini tashkil etish imkoniyatini muhokama etishadi.

>>>  Batafsil.


London meri Klinton tarafida

London meri Sodiq Hon AQSh prezidenti lavozimi uchun kurashda Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatladi.

>>>  Batafsil.


Qozog‘istonning merosxo‘ri haqida mish-mish

Qozog‘iston parlamenti yuqori palatasi senatori, Qozog‘iston prezidentining qizi Dariga Nazarboyeva, u amaldagi davlat rahbarining vorisi ekani to‘g‘risidagi xabarlarni asossiz deb baholadi.

>>>   Batafsil.

iPhone 7 Plus ekspertlar nigohida

iFixit mutaxassislari iPhone 7 Plus qurilmasining ehtiyot qismlarini ko‘zdan kechirishdi. Ekspertlarning fikricha, qurilma avval ishlab chiqarilgan modellarga nisbatan kamroq ta'mirtalab bo‘ladi.

>>>  Batafsil.

Vertu’ning eng kuchli smartfoni


Vertu kompaniyasi lyuks tasnifidagi yangi modeli - Signature Touch — Carbon Sport'ni taqdim qildi.

>>>   Batafsil.


Avtohalokatlarda bir o‘limdan qolgan futbolchilar

Yaqinda, Kristal Pelas jamoasi himoyachisi Pape Suare avtohalokatga uchragan futbolchilar ro‘yxatini to‘ldirdi.

>>>   Batafsil.


APLda 5-tur


Bugun tunda APLning 5-tur uchrashuvlari start oladi. Turning ilk uchrashuvi Londondagi “Stemford Brij” o‘yingohida “Chelsi” va “Liverpul” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

>>>  Batafsil.

Top